05:44 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Provedeniye laboratornыx issledovaniy

Saraton oʻsmasini davolashning yangi uslubi topildi

ADALBERTO ROQUE / AFP
Jamiyat
Havola olish
97730

Saraton kasalining eng ogʻir asoratlaridan biri bu – uning organizmga tarqalib ketadigan metastazalaridir. Skripps instituti olimlari metastazalarni ozuqa bilan taʼminlab ularni oʻsishiga koʻmak beradigan oqsilni topishdi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Kaliforniyada joylashgan Skripps instituti olimlari saraton kasali metastazalari tarqalishini toʻxtatish yoʻlini topishdi.

Ular buni inson organizmi oʻsishi uchun javobgar boʻlgan TGF-β – oqsil oʻsish faktori oqali amalga oshirish yoʻlini aniqlashgan. Odatda TGF-β oqsil faktori inson sogʻlom hujayralari oʻsishi uchun javob beradi, lekin saraton kasali oqibatida u shaklan oʻzgarishi (mutatsiya) va zararli saraton oʻsmalari tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin ekan.

Inson immuniteti har qanday zararli hujayrani tezda aniqlab, uni yoʻq qilish qobiliyatiga ega boʻlsada, mutatsiya qilgan TGF-β oqsili sogʻlom oqsiliga juda oʻxshash boʻlgani uchun inson immuniteti uni “koʻrmaydi”.

Kaliforniyalik olimlar esa mutatsiya qilgan oqsil faoliyatini cheklaydigan, T-hujayralari yetishtirishga muvaffaq boʻlishdi.

Sogʻlom TGF-β oqsili inson uchun kerakli boʻlgani tufayli uni butunlay yoʻq qilish mumkin emas, shuning uchun Skripps instituti olimlari oʻz harakatlarini ushbu oqsil bilan bevosita bogʻliq boʻlgan LTBP3 nomli oqsilga qaratishdi. 

Joʻja embrioni va sichqonlarda saratonning turli shakllariga qarshi tajribalar oʻtkazildi. Tajribada olimlar saraton shishi paydo boʻlganidan keyin LTBP3 oqsilini cheklashganidan soʻng, ushbu jonivorlarda saraton metastazalari paydo boʻlmadi.

New Atlas yozishiga koʻra, Skripps olimlari kashfiyoti – saraton kasaliga qarshi zarba berish mumkin boʻlgan yana bir samarali uslubdir. Bu saraton kasaliga chalingan insonlar hayotini saqlab qolishda muhim rol oʻynaydi. Ayni damda olimlar ushbu uslubni yanada samarador qilish yoʻllarini oʻylamoqda.

Asosiy mavzular