05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Pustoye kreslo

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi ishdan olindi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
112220

Kadrlar oʻzgarishi haqida bosh vazir Abdulla Aripov selektor majlisida maʼlum qilgan

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olindi. Qoʻmitaga bosh prokuror oʻrinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov yangi rais etib tayinlangan.

Kadrlar oʻzgarishi haqida bosh vazir Abdulla Aripov selektor majlisida maʼlum qilgan.

Ushbu maʼlumotni respublika Bojxona qoʻmitasidagi manba Sputnik muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Doʻsanov oʻrniga Bojxona qoʻmitasiga rais etib tayinlangandi. RIA Novosti keltirib oʻtgan maʼlumotlarga koʻra, Tohiriy bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti qoʻriqlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular