Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki muassasaga ajratildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 1996-yilda Qishloq xo‘jaligi va Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirliklarini birlashtirish asosida tashkil qilingan edi.

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini ikki muassasaga ajratish haqida qaror imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti vazirlik vakili xabariga asosan.

“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini qayta tashkil qilish haqida qaror imzoladi. Unga ko‘ra ushbu vazirlik asosida ikkita vazirlik tashkil qilinadi – qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklari”, — deyilgan muassasa vakili xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 1996-yilda Qishloq xo‘jaligi va Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirliklarini birlashtirish asosida tashkil qilingan edi.

Qayta tashkil qilinayotgan muassasa rahbari Zoyir Mirzayev o‘z lavozimini tark etdi, lekin Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan va hukumat doirasida qishloq va suv xo‘jaligiga doir masalalarni boshqarishda davom etadi.

Yangi tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Bahodir Yusupov rahbar etib tayinlandi. Bundan oldin Yusupov fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. Suv xo‘jaligi vaziri etib Shavkat Hamroyev tayinlandi. Hamroyev bundan oldin Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0