Bosh prokuraturada yangi 9 ta boshqarma tashkil qilindi

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh prokuroriga yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni (iqtisodchilar, moliyachilar, muhandislar, ijtimoiy soha mutaxassislari va boshqalar) ishga qabul qilish huquqi berildi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Kuni kecha, 15-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik O‘zbekiston
Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik plastik kartochkadan so‘zsiz yechib olinadi

Ushbu farmon talablariga ko‘ra, Bosh prokuratura tarkibida yangi 9 boshqarma tuzildi:

1. Yonilg‘i-energetik tarmog‘ida qonun hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

2. Moliya-bank sohasida qonun hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

3. Bojxona va soliq sohalarida qonun hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

4. Transport, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qonun hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

5. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonun hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

6. Tadbirkorlik va investitsiyalarni himoya qilish boshqarmasi;

7. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining huquqiy hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazorat boshqarmasi;

8. Ma’muriy sudlovda prokuror vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi;

9. Tergovni uslubiy ta’minlash boshqarmasi.

Shu bilan birga, Bosh prokurorga mutaxassisligi yuridik bo‘lmagan yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni (iqtisodchilar, moliyachilar, muhandislar, ijtimoiy soha mutaxassislari va boshqalar) ishga qabul qilish huquqi berildi.

Yangiliklar lentasi
0