O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalarga o‘tishi mumkin

Obuna bo‘lish
Dastlabki tajriba-sinov loyihasi Toshkentda o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonda bir dehqon bozori va savdo majmuasini ixtisoslashgan xususiy kompaniya boshqaruviga topshirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Na territorii tashkentskogo bazara «Urikzor” prorvalo teplotrassu - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rikzor" bozori sotuvga qo‘yilmaganligiga aniqlik kiritildi

Bu davlat rahbarining tijorat tashkilotlarida davlat ishtirokini yanada kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Dastlabki tajriba-sinov loyihasini Toshkentda o‘tkazish taklif etilmoqda. Poytaxt ma’muriyatiga tajriba o‘tkaziladigan dehqon bozori va savdo majmuasini aniqlash uchun uch oy muddat beriladi. Ular shartnoma asosida kompaniyalarga, xususan mazkur yo‘nalishda faoliyatni tashkil etish va olib borish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Tajriba-sinov loyihasi yakunlariga ko‘ra 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi davlat mulkini, jumladan davlat ulushi va davlat korxonalarini ixtisoslashgan maxsus kompaniyalarga topshirish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritadi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat dehqon bozorlari aksiyalarining nazorat paketi Toshkent ma’muriyatiga tegishli. Bozorlar faoliyatini tarkibiga 20ta bozor va savdo majmuasi kiradigan "Toshbozorsavdo" assotsiatsiyasi nazorat qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0