Kosonsoy tumanida 5 nafar tibbiyot xodimi ishdan haydaldi

CC0 / pixabay / Vrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunga sabab ularning o‘z vazifalariga yetarlicha e’tibor bermagani bo‘lgan

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 5 nafar tibbiyot xodimi ishdan haydaldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Namangan viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida viloyatning Kosonsoy tumanida o‘z vazifasiga yuzaki yondashib, bugunning talabi va aholi ehtiyojlarini his qilmay ishlayotgan tibbiyot xodimlari ham borligi ma’lum bo‘ldi.

"Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Xoldorov va boshliq o‘rinbosari R.Abdullayev, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri M.Karimovalar meyoriy hujjatlar ijrosini yetarli darajada amalga oshirmagani, jumladan, aholining tibbiy xizmatga muhtoj qatlamini qamrab olish ishlarini talab darajasida tashkil etmaganligi bois o‘z egallab turgan lavozimidan ozod etildi", — deyilgan xabarda.

Undan tashqari, Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimi M.Toshmatov va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mas’ul xodimi A.Abdullayevlar ham vazifasidan ozod etildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, prezidentning "Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart" degan gapi barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi uchun ham daxldor.

Yangiliklar lentasi
0