Davlat boshqaruv organlarining matbuot xizmatlari faol ishlay boshlaydi

© Sputnik / AlexTikhomirovV auditorii
V auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida, tashkilot rahbari ushbu vazifani amalga oshirish uchun shaxsan javobgarligi aytib o‘tilgan.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15-fevralda imzolangan 125 sonli qaroriga muvofiq, bundan buyon barcha Davlat boshqaruv organlarida matbuot xizmati faoliyati takomillashtiriladi.

Ushbu qarorning asosiy maqsadi – davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari va aholi orasida samarali va ochiq suhbatni yo‘lga  qo‘yish, keng jamoatchilikni operativ ma’lumot bilan o‘z vaqtida ta’minlashdir.

Qarorda, davlat va xo‘jalik boshqaruv organi rahbari  ushbu vazifani amalga oshirish uchun shaxsan javobgarligi alohida aytib o‘tilgan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining axborot xizmatlarining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • davlat va xo‘jalik organi faoliyati haqida keng jamoatchilikni operativ va obyektiv ma’lumot bilan ta’minlash; 
  • OAVlar va boshqa davlat organlari matbuot xizmatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;  
  • davlat organining rasmiy veb-sahifasida, ijtimoiy tarmoqlarda va mobil ilovalarda  ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab turish;
  • axborot maydoninini monitoring qilish va o‘rganish, boshqa muassasalar axborot xizmatlari bilan hamkorlik qilish natijasida tahliliy materiallar yaratish;  
  • kamida bir oyda bir marotaba brifinglar, matbuot anjumanlari tashkil qilish, jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruv organi rahbari ishtirokida;
  • foto, audio va video materiallar zahirasini yaratish va boshqalar.

Shuningdek, O‘zbekiston Axborot va matbuot agentligi va o‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi zimmasiga esa bir yilda yubir martotaba “eng yaxshi matbuot xizmati”, “matbuot xizmatlari faoliyatini yorituvchi eng yaxshi jurnalist”, kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlash tashkil qilish topshirilgan.   

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0