05:27 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
264351

Ilya Buyanovskiy – Moskvalik sayohatchi. U sobiq ittifoq davlatlarini birma-bir oʻrganib chiqmoqda, natijalarni varandej.livejournal.com blokida chop etadi

Uning eng yaxshi koʻrgan yoʻnalishlardan biri bu Markaziy Osiyo davlatlari. Ilya 2016 yil kuz faslida Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga amalga oshirilgan ikki oylik sayohati davomida Choʻngʻaraga tashrif buyurdi.

Choʻngʻara qishlogʻiga tasodifiy kelib qolish qiyin. Qirgʻiziston Batkent viloyatiga sayohlar kam keladi, Choʻngʻara qishlogʻi katta yoʻllardan uzoqda joylashgan. Biroq, uzun qishloq koʻchasidan oʻtayotgan yoʻlovchilar toʻsatdan unga bu yer Oʻzbekiston hududi ekanligini aytishsa hayron boʻlmasin.

Fargʻona arxipelagi

Fargʻona vodiysida davlat chegarasi paydo boʻlishi SSSRning parchalanishining yorqin yodgorligidir. Oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, shuningdek dehqonlar va koʻchmanchilar bu yerda yonma-yon yashaydilar. Aholining zichligi har kvadrat kilometrga 600 kishi toʻgʻri keladi. Chegaraning murakkab tuzilishiga koʻra, sovet hukumatiga uch xalqni ajratish qanchalik qiyin boʻlganligini koʻrish mumkin.

Vdol ulitsы stoyat tipichno uzbekskiye doma: ogromnыe usadbы s gluximi fasadami i moщnыmi darvazami.
Foto: Ilya Buyanovskiy
Vdol ulitsы stoyat tipichno uzbekskiye doma: ogromnыe usadbы s gluximi fasadami i moщnыmi darvazami.

Ushbu jarayonning natijasida anklavlar tizimi vujudga keldi. Qirgʻizistonning Batkent viloyatining ichida Oʻzbekistonga qarashli Soʻx, Shoximardon, Choʻngʻara va Jangayl, shuningdek, Tojikistonga tegishli Vorux va Gʻarbiy Kalach, Oʻzbekiston ichida esa Qirgʻizistonning Barak va Tojikistonning Sarvak hududlari mavjud.

Soʻx — oʻn ming aholisi boʻlgan toʻlaqonli tumandir. Gʻarbiy Kalachda esa — odamsiz daladir. Shoximardonni chegaradan oʻn ming kilometr ajratib turadi. Jangayl va Sarvak — mamlakatning asosiy hududi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinib turgan hudud hisoblanadi. Soʻxga boshqa tumanlardan hatto Oʻzbekiston fuqarolariga kirish oson emas. Choʻngʻarani boshqa qishloqlar orasida koʻrmasdan oʻtib ketish mumkin. Shu oʻrinda, masalan, Qirgʻizistonda aholisi koʻpchiligi oʻzbeklar boʻlgan Aravan, Arslanbob va hatto butun bir Oʻzgan shahari ham bor, ammo ular hech qachon anklav boʻlmagan.

Har bir anklavda afsonalar mavjud. Goʻyoki qachondir rais uni karta oʻyinida yutqazgan. SSSRning eski atlaslaridan faqat Shoximardon oldindan anklav boʻlganligini tushunish mumkin: bu yerda Oʻzbekiston sevimli shoiri Xamza halok boʻlgan.

Boshqa anklavlar oʻz respublikalaridan asta-sekin "ajralib ketishdi": koʻchmanchilar yerga biriktirilib, yangi qishloqlarni tashkil etishdi. Respublikalarning chegaralarini aniqlashtirish keyinchalik amalga oshirildi, va turli yillardagi xaritalarda Oʻzbekistonning Soʻx daryosi boʻylab uzun burchagi 1960 yilga kelib ikki anklavga aylandi.

Bu yerga Markaziy Osiyo davlatlarining nisbatan sovuq munosabatlari va bir necha marta Janubiy Qirgʻizistonni qirgʻiz-oʻzbek mojarolarini qoʻshsa boʻladi. Anklavlar keskinlikni oshiradilar, va ularning koʻpchiligi hudud kelishmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Norasmiy uyin qoidalariga koʻra, ularni hal qilish kerak emas, faqat adovatni saqlab turishga xizmat qiladi.

Shaffof chegaralar

Choʻngʻara anklavi Soʻh daryosining chap qirgʻogʻi boʻyicha 5 kilometrga choʻzilgan. Koʻndalangiga esa bir kilometr ham chiqmaydi. Men sherigim bilan anklavga yaqinlashdik, elektr xarita bilan solishtirib turdik, aks holda anklavning chegarasini koʻrib boʻlmaydi.

Qirgʻoqning chap tepalikdan men uzun uylar qatoriga tikilib, kuzatib turdim. U yerda Oʻzbekiston belgilarini: masalan, bayroq yoki Xumo qushi belgisini koʻrish umid qildim. Soʻx daryosi boʻylab oʻtgan koʻprikdan oʻtganimizda chegarani hech kim qoʻriqlamayotganini tushundik. Biz daryo vodiysi boʻylab uylar tomon yoʻl oldik.

Proxojiye zdes v osnovnom kirgizы, xotya ne etnicheskiy sostav opredelyayet spetsifiku anklava, a prinadlejnost Uzbekistanu
Foto: Ilya Buyanovskiy
Proxojiye zdes v osnovnom kirgizы, xotya ne etnicheskiy sostav opredelyayet spetsifiku anklava, a prinadlejnost Uzbekistanu

Yoʻlda oʻtayotgan choʻponlar yoki uylar oldidagi yorqin kiyimdagi ayollar, bizga umuman eʼtibor berishmadi, — bu yerlarga chet el sayyohlari koʻp ham tashrif buyurishmaydi.

Men hatto shubhalandim ham, aholi bu yerda anklav ekanligini bilisharmikan? Bu yerda mashina toʻxtadi va yosh yigit mashinadan tushib, tabassum bilan yerga koʻrsatib "Oʻzbekiston hududi! (Uzbekistan territoriya)" deb aytdi.

Biz javoban rus tilida javob berdik. Ushbu yigit, bu yerda endi asosan qirgʻizlar yashashmoqda, oʻzbeklar yildan yilga kamayib ketmoqda deb aytdi; chegara yoʻq, biron oʻzbek kuch tizimi xodimi yoʻq, trassaning asosiy kirish qismida baʼzan qirgʻiz askarlari turishadi. Oʻzbekiston bilan aloqa qilishi haqida savolimizga, suhbatdoshimiz tushunarsiz narsalarni javob berdi. Tushunimcha, biron narsa kerak boʻlganda u yerda borishadi, biroq Qirgʻizistonda yashashga oʻrganib qolishgan.

Choʻngʻaraning yagona asfalt qilingan yoʻli bu Qirgʻiziston qishlogʻi bilan oʻtgan yoʻl hisoblanadi. Undan tepaliklarga burama yoʻlakchalar chiqib ketadi. Tepada katta ariq oʻtgan, navigator bizga ahlat tashlangan joydan oʻtishni taklif qiladi. Anklav aholisi tasodifan chegara chizigʻiga ahlat tashlashadimi?

Mestnыe zavalivayut granitsu musorom v znak protesta protiv vsex granits mira
Foto: Ilya Buyanovskiy
Mestnыe zavalivayut granitsu musorom v znak protesta protiv vsex granits mira

Biz Choʻngʻaraga biz "orqa tomondan" kirib bordik. Qishloqqa asosiy kirish yoʻli — shimoldan, u yerdan Batken-Oʻsh trassasi oʻtgan. U yerda Qirgʻiziston kichik harbiy posti joylashgan, biroq u yerda mashinalar tanlab tekshiriladi va ular davlat chegarasini kesib oʻtish haqida shtamp qoʻyish vakolatiga ega emas.

Deyarli oddiygina qishloq

Tashqi koʻrinishda Choʻngʻara — eng oddiy qishloq. Atrofida zanglagan neft kon nasoslar — qishloq kichik va eski boʻlgan neft koni oldida joylashgan.

Anklavga piyoda kirib borganizda oddiy qishloq hayotini koʻrasiz: tor koʻchalar orasida loy gʻishtdan yasalgan baland devorlar, oʻyilgan eshiklar, yaylovlarda mollar, mevali bogʻlar va tandirlardan tutun chiqishini koʻrasiz.

Markaziy Osiyo davlatlari chekka joylarda hayot bir meʼyorda davom etadi va bu kichik qishloqda oddiy inson hayoti uchun hamma narsa bor. Masalan, hovuz oldidagi xiyobon, u joyda gʻozlar suzmoqda. Qishloqdan chiqish joyida — kichik masjid bor. Masjid hovlisida katta qabr toshi oʻrnatilgan.

Choʻngʻarada shifoxona va maktab bor. Shifoxona devorida biz oʻzbek tilida yozilgan plakatni koʻrdik. Uning tagida Qirgʻiziston davlat raqamli avtomashinalar qoʻyilgan. Bu yerda shifoxona qorovuli keldi, u bizning pasportimizni tekshirib, oq yoʻl tiladi.
Choʻngʻaradagi katta yoshdagilar bizni vazminlik va juda hushmuomalik bilan kutib olishdi. Bolalar esa birinchi marta sayyohlarni koʻrganidan hayron boʻlib, quvnab ketishdi.

Kichik doʻkonda Oʻzbekiston soʻmi va Qirgʻiziston somi qabul qilinadi. Byudjet tashkiloti xodimlari oyliklarni soʻmda olishadi, qirgʻiz somini esa Batketdan savdogarlar va Rossiyadan qaytayotgan mehnat muhojirlari olib kelishadi. Yaqin atrofdagi Qirgʻiziston qishloq aholisi Oʻzbekiston mahsulotlarini sotib olish uchun kelishadi, shu jumladan aroqni. Bu yerda unga talab mavjud.

Choʻngʻarada oʻzbeklar qishloq aholisining yarmini tashkil qiladi. Asta-sekin qirgʻizlar anklavni toʻldirishmoqda. Choʻngʻaraning tashqi tuzilishi koʻproq Oʻzbekistonga oʻxshaydi, aholisi esa yuz koʻrishi yoki kiyimi koʻproq qirgʻizistonliklarga oʻxshaydi. Biroq bu yerda millatlar oʻrtasida adovat izlari yoʻq.

Asosiy mavzular