O‘zbekiston va Tojikiston Farg‘onada Davlat chegarasini muhokama qilishdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sleva) i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda vo vremya sovmestnogo fotografirovaniya glav delegatsiy gosudarstv – uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). Arxivnoe foto
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sleva) i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda vo vremya sovmestnogo fotografirovaniya glav delegatsiy gosudarstv – uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Davlat chegarasining ayrim uchastkalar bo‘ylab o‘tadigan chizig‘i loyihasi ko‘rib chiqildi va Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak tashrifiga doir masalalar muhokama qilindi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Farg‘ona shahrida 24-fevral kuni O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasinining ayrim uchastkalar bo‘ylab o‘tadigan chizig‘i loyihasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, qisqa muddat ichida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

 

Undan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, bitimlar va shartnomalarni tayyorlash hamda tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

KPP na granitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida aholi uchun qulay post ochildi

Ochiq, do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tgan samarali muzokaralar davomida delegatsiyalar rahbarlari tomonidan hamkorlikning barcha sohalaridagi O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi darajasiga yuqori baho berildi.

Majlisda qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida oliy va yuqori darajalardagi aloqalar sezilarli faollashdi, hukumat delegatsiyalari samarali almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, hukumatlararo komissiyalar majlislari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, Dushanbe va Toshkent shaharlarida sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari samarali tashkillashtirildi.

Hukumat a’zolari, vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etgan komissiyaga O‘zbekston tomonidan bosh vazir A. Aripov, Tojikiston tomonidan esa Q.Rasulzoda rahbarlik qilishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0