Konimex zamonaviy ekoturizm markaziga aylanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planami po kompleksnomu razvitiyu goroda Zarafshana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planami po kompleksnomu razvitiyu goroda Zarafshana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident barcha loyihalarni o‘z vaqtida va yuqori sifat darajasida amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirishga doir rejalar bilan tanishdi. Viloyatning ushbu chekka tumanlari va Zarafshon shahrida sanoat va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ko‘plab loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Xususan, Uchquduq tumani yungni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. "Qizilqum marvaridi" korxonasi tomonidan gidroponika usulida issiqxona barpo etiladi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Zarafshon shahrida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qariyb 2 ming boshga mo‘ljallangan qoramolchilik kompleksi, muzlatkichli omborxonalar barpo etish, baliqchilik xo‘jaligi, issiqxonalar tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s osushestvlyayemoy na mestax sozidatelnoy rabotoy, xodom sotsialno-ekonomicheskix reform pribil v Navoiyskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatidagi islohotlar jarayoni bilan tanishmoqda

Tomdi, Konimex tumanlarida ham shu kabi istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Konimex tumanida tuyachilikni rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Bu yerda ming bosh tuya va 500 bosh naslli echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi barpo etish rejalashtirilgan. Majmuada yiliga ming tonna tuya, 300 tonna echki suti olinib, shu yerda qayta ishlanadi. Bu joy nafaqat tuya va echkichilik majmuasi, balki yiliga 10 ming sayyohni qabul qiladigan zamonaviy ekoturizm markaziga aylanadi.

Davlat rahbari majmuani Mustaqillik bayramigacha qurib bitkazish va sayyohlarga zarur sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Tomdi tumanida "Shodlik" Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bolalar shaharchasi quriladi. Maydoni 4,3 gektar bo‘lgan shaharchada bolalar uchun barcha qulaylik yaratiladi. Qurilish ishlari mart oyida boshlanib, yil oxirigacha yakunlanadi. Zarafshon shahrida favvoralar xiyoboni barpo etish, Uchquduq tumanidagi "Konchi" sanatoriysini ta’mirlash va jihozlash loyihalari shaharlar obodligi va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezident Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham qiziqdi.

Shu yerda 2026-yilgacha qimmatbaho metallar qazib olishni ko‘paytirish, "Auminzo-Amantoy" konlarini o‘zlashtirish, Muruntov konini o‘zlashtirishning 5-bosqichi, Tomdi tumanidagi 2-gidrometallurgiya zavodi quvvatlarini kengaytirish kabi loyihalar taqdimotlari ham o‘tkazildi.

Prezident barcha loyihalarni o‘z vaqtida va yuqori sifat darajasida amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0