O‘zbekiston onkologiya dorilari uchun uch baravar ko‘p mablag‘ ajratadi

CC0 / Pixabay / Lekarstvennie sredstva
Lekarstvennie sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin yillar ichida onkologik dori vositalari uchun ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 15 million dollarga yetishi mumkin. Bundan maqsad - eng zamonaviy dorilardan foydalanish.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston onkologik dori vositalarini sotib olish uchun ajratilayotgan mablag‘ hajmini uch baravar oshiradi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda onkologiya kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi tibbiy muassasalarni dori-darmon bilan ta’minlash uchun davlat yiliga 5,5 million dollar miqdorida mablag‘ ajratmoqda.

“Barcha tibbiyot yo‘nalishlari orasida onkologiyaga eng mablag‘ ajratilmoqda. Men ushbu mablag‘ bizni to‘la qoniqtiradi deya olmayman, lekin u kerakli dori vositalari ehtiyojining 100%ni qoplaydi. Undan tashqari har bir Onkologiya markazi, kerakli boshqa dori vositalari bilan, masalan – antibiotiklar, kapelnitsa, vitaminlar bilan ham, to‘la-to‘kis ta’minlangan”, — dedi Respublika Onkologiya ilmiy markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi  kunda ilm-fan bir doyda turgani yo‘q, dunyoda ko‘plab yangi dorilar ishlab chiqarilmoqda, lekin ularning narxlari juda qimmat. Masalan, shunday dorilar borki, ularning bir oylik davolash kursi 10 ming dollarga teng. Bunday davolash kursini yarim yil o‘tkazish, keyin esa yana tarkrorlash kerak.

Vrachi v feldshersko-akusherskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Bloxin nomli Rossiya Onkologiya markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

Mana shulardan kelib chiqqan holda, har yili dori sotib olish miqdori oshirib boriladi va 15 million dollarga yetkaziladi. Birinchi navbatda, buning maqsadi zamonaviy dori vositalari sotib olishdir.

“Har bir bemor uchun ajratilgan o‘rtacha xarajatlarga kelsak, buni aytish murakkab, chunki bizda rak kasalining har bir nozologiyasini davolash standarti bor.  Ularning soni 200tadan ortiq. Davlash sxemalari va yondash faktorlar ham turli xil bo‘lishi mumkin. An shulardan kelib chiqqan holda har bir patsiyent uchun mablag‘ ajratiladi”,- dedi markaz direktori.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-yilga qadar onkologiya kasalliklarini davolash tizimini rivojlantirish uchun davlat budjetidan 32,5 milliard so‘m va kredit hamda xalqaro tashkilotlar grantlari hisobidan 144,1 million so‘m mablag‘ ajratishni rejalashtirgan.  

Ushbu choralar aholining yuqori texnologiyali davolash uslublariga bo‘lgan ehtiyojini 70%ga qondirib, 100 ming aholi soniga onkologik kasalliklardan kelib chiqayotgan o‘limlar sonini 38,7 kishidan 35 kishigacha kamaytirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0