Aroq, pivo va tamaki ishlab chiqaruvchilari sport solig‘i to‘laydi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLikero-vodochniy zavod
Likero-vodochniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aroq, pivo va tamaki ishlab chiqaruvchilari maxsus soliq to‘laydi. Ushbu mablag‘lar keyinchalik sportni rivojlantirish uchun sarflanadi.

 

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning 1-iyunidan boshlab, sport solig‘i joriy etiladi. Ushbu soliq tamaki mahsulotlari, pivo va aroq ishlab chiqaruvchilaridan yig‘ib olinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu prezidentning yangi farmoniga  asosan, bundan buyon har bir pivo ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarining har dekalitridan 2 ming so‘m, aroq ishlab chiqaruvchilari – 5 ming so‘m va tamakai mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari har 1000 dona sigaret uchun 1 ming so‘m miqdorida sport solig‘i to‘laydi.

Ushbu mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Jamg‘armasi hisob raqamlariga kelib tushadi. Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitalari ushbu soliqlar to‘lash tartibini ushbu yilning 10-apreliga qadar ishlab chiqishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda tarkibida 1,5%dan ortiq etil spirti bo‘lga alkogolli va tamaki mahsulotlarini reklama qilish butunlay ta’qiqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni targ‘ib qiluvchi harakatlar, badiiy obrazlar ham ta’qiqlangan.

Undan tashqari alkogolli mahsulotlarni jamoat joylarida iste’mol qilish ham man etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0