Bobomurod Abdullayev ishi: sud ayblanuvchining advokati - Mayorov iltimosnomasini qabul qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bobomurod Abdullayev badanidagi, uning aytishicha tergov vaqtida yetkazilgan, qiynoq belgilarini sudyaga ko‘rsatdi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Bugun 7-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Haët Nasriddinov, shuningdek tadbirkorlar Ravshan Salayev va Shavkat Olloërovlar ustidan ilk sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi qoldirildi
Sud majlisi ochiq tartibda o‘tkazildi, unda sudlanuvchilarning qarindoshlari va yaqinlaridan tashqari, xalqaro kuzatuvchilar, jamoatchilik tashkilotlari vakillari, xorijiy axborot agentliklari vakillari va mahalliy jurnalistlar ishtirok etdilar.

Sud jarayoni boshida so‘z olgan Bobomurod Abdullayevning advokati Sergey Mayorov sudyaga kuni kecha tergov izolyatorida mijozi bilan uchrashganida mijozi tergov payti qiynoqqa solinganini ma’lum qilganini aytib,  bu bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishni talab qildi va bu borada iltimosnomaning bir nusxasini ishga tikishni, yana bir nusxasini esa Bosh prokuraturaga yuborishini aytdi.

Bobomurod Abdullayev Mayorovning iltimosnomasini tasdiqlashini aytib, sudyaning "badaningizning tepa qismida izlar bormi, yechinib ko‘rsata olasizmi?" degan savoliga javoban "ha" deya javob berdi va ustki kiyimi va maykasini yechib, chap qo‘lidagi chandiq va ko‘karish izlarini sudyaga ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng taxminan bir soatlik maslahatdan so‘ng sud zaliga qaytgan sudya Zafar Nurmatov O‘zbekiston prezidenti 2017-yil 30-noyabrda imzolagan "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga tayangan holda advokat iltimosnomasini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi va sud tibbiy ekspertizasini tayinladi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qiynoq ostida olingan dalillar sudda o‘tmaydi - prezident farmoni

Endilikda sud tibbiy ekspertizasi jarohatlar yetkazilgan vaqt, ularning og‘irligi darajasi va ular qanday turdagi ashyo bilan yetkazilgani singari jarohatlar yetkazilishi mexanizmiga oydinlik kiritadi.

Keyingi sud eshituvi sud-tibbiy ekspertizasi xulosasidan keyin belgilanishi ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarda ayblanayotgan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Xayotxon Nasretdinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan sud ishi Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Zafar Nurmatov va xalq maslahatchilari tarkibida ko‘rib chiqilishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0