Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘talib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashinuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida 25dan ortiq hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0