07:21 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Velosiped

Erkaklar diqqatiga: velosport juda foydali ekan

© Flickr/ Hiroyuki Takeda
Jamiyat
Havola olish
1300 0 0

Britaniyalik olimlar aniqlashiga koʻra, velosport bilan shugʻullangan erkaklar 60 yoshdan oshganda ham ularning qonida xolesterin va yogʻ kam miqdorda, testosteron esa – koʻp miqdorda saqlanib qolar ekan.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti hamda London Qirol kolledji olimlari oʻtkazgan tajribaga koʻra, velosipedda sayr qilish – qarish jarayonini sekinlashtirar ekan, RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar 55 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan 125 nafar havaskor velosipedchilar orasida izlanish oʻtkazishdi. Velosipedchilarning 84 nafari erkaklar va 41 nafar ayollar edi. Ushbu tajriba uchun tamaki chemaydigan va alkogolli ichimliklarni kam isteʼmol qiladigan hamda qon bosimi meʼyorida boʻlgan velosipedchilarni tanlab olishgan.

Tajriba shartiga koʻra, erkak velosipedchilar 100 km masofani 6,5 soat ichida ayollar esa 60 km masofani 5,5 soat ichida bosib oʻtishlari kerak boʻlgan.

Shundan soʻng ularning ularning natijalarini, sport bilan shugʻullanmaydigan 57-80 yoshda boʻlgan 75 kishi hamda 20-36 yoshli 55 nafar yoshlar natijalari bilan solishtirilgan.

Tajriba natijasida aniqlanishiga koʻra, jismoniy faol kishilar yosh oʻtishi bilan mushaklar vazni va jismoniy kuchlarini yoʻqotmagan, ularning qonida esa xolesterin va yogʻ kam, erkaklar uchun eng muhim gormon boʻlgan – testosteron esa koʻp miqdorda saqlanib qolgan.

London Qirol kolledji professori Stivena Xarrij aytishiga koʻra “ushbu kishilarning tanasi optimal qarigan – yaʼni, odatda kam jismoniy harakatlanish oqibatida kelib chiqadigan muammolarsiz.”

Veloprobeg v Tashkente
© Sputnik / Stringer
Toshkentda havaskorlar velopoygasi

 

Asosiy mavzular