Otliq militsiya uchun qanday otlar sotib olinishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOtliq politsiya serjanti
Otliq politsiya serjanti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev fikriga ko‘ra, shahar ko‘chalarida ishlash uchun Rossiyada yetishtirilgan zotdor otlar to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkentda tashkil etilayotgan militsiya otliq bo‘linmasi uchun qanday otlar mos kelishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent IIBB boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayevning fikriga ko‘ra ushbu vazifani bajarish uchun Rossiyada yetishtirilgan “Budonoves” zotli otlari mos kelar ekan, mahalliy “Qorabayir” yoki “Axalteka” zotli otlari ushbu vazifani bajarish uchun to‘g‘ri kelmas ekan.  

“Ayni damda biz ichki ishlarda qanday zotli otlar ishlashini aniqlab oldik – bu “Budonniy” zotli otlari bo‘ladi. Nimaga aynan ushbu otlar? Chunki ushbu zotli otlar boshidan xizmat otlari bo‘lish uchun yaratilgan. “Budenoves” o‘ziga ko‘p e’tibor talab qilmaydi, chidamli. Boshqa otlardan eng asosiysi farqi – u asfalt ustida yura oladi”, — dedi Jo‘rayev.

Ichki ishlar rahbari aytishiga qaraganda, ayni damda Rossiya bilan ushbu zotli otlardan 50 tasini sotib olish haqida muzokaralar olib borilmoqda. Bir vaqtning o‘zida otliq militsiya bo‘linmasini Toshkentning qaysi joyida joylashtirish masalasi ham  o‘rganilmoqda.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda otliq militsiya paydo bo‘ladi

Otliq militsiyaning ishga tushish sanasi hozircha aniq bo‘lmasda, Jo‘rayev yil oxirigacha ushbu bo‘linma ish boshlashiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir yil oldin Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri post-patrul xizmati tarkibida otliq bo‘linma tashkil qilishni taklif qilgan edi. Otliq militsiya ommaviy va madaniy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi.

Budonniy zotli otlari 1948-yilda, Angliya tezchopar nasldor oti hamda “Donchak” chidamli otlarini chatishtirish natijasida paydo bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishida Sovet armiyasining mashhur kavaleriya qo‘mondoni Semon Mixaylovch Budenniy shaxsan tashabbuskor bo‘lgan.

Qurolli kuchlar ehtiyojlari uchun yetishtirilgan ushbu otlar ham kavaleriya ham yuk tashish maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan. Keyinchalik, ular ot sportida faol ishtirok eta boshlagan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, “Budonniy” zotli otlari – aqlli, chidamli, xushf’l va yuvosh otlardir. Ushbu otlar parvarishda ham o‘zlariga katta e’tibor talab qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0