InFinBank Rashid Qodirov ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. InFinBank O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston
Cobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan qator moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

"Biz shaffof bank maqomini olishga astoydil harakat qildik va faoliyatimizning dastlabki yilidayoq "katta" to‘rtlikdagi xalqaro auditorlik kompaniyasini yolladik. O‘n yillik faoliyati davomida xalqaro auditorlik kompaniyalari o‘z tomonlaridan hech qanday pisandalarsiz mustaqil auditorlik xulosalarini chiqargan", — dedi bank kengashi raisi Maqsud Abdusamatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bank 2011-yilda moliyaviy barqarorlikni baholaydigan yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri bilan shartnoma tuzgan. Uning qayd etishicha, bu mavjud va bo‘lajak hamkorlarga bankning ishonchliligi va shaffofligini ko‘rsatish maqsadida ongli ravishda amalga oshirilgan.

"Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maqolalarda go‘yoki bank ma’lum bir shaxslarning noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarini yuvishda ishtirok etganligi aytiladi. Bu ayblovlarni mutlaqo asossiz deb hisoblaymiz. O‘zbekistonda keyingi 10-yil davomida valyuta qonunchiligi qat’iy yo‘lga qo‘yilganligi ko‘pchilikka ma’lum. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, bank mijozlarining xorijiy valyutadagi har bir o‘tkazmasi asosli ekanligi ustidan qat’iy monitoring olib borilgan", — dedi Abdusamatov.

Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning o‘g‘li qidiruvga berildi

Import shartnomasi bo‘yicha har qanday to‘lov, deb qo‘shib qo‘ydi u, tegishli import tovarning yetkazib berilishi bilan ta’minlangan bo‘lishi va bunday tovarlarning chegaradan o‘tkazilishi O‘zbekiston bojxona organlari tomonidan qayd etilishi shart bo‘lgan.

"Butun faoliyatimiz davomida biz jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga amal qilib kelganmiz, qonunchilik talablariga muvofiq ish olib borganmiz. Bank hech qachon Latviya va BAAda korrespondentlik hisoblarini ochmagan va bunday hisoblari mavjud emas. Bankda hech qanday tekshiruv yoki reviziya o‘tkazilmayotganini rasman tasdiqlaymiz", — ta’kidladi Maqsud Abdusamatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0