05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev

General-mayor Joʻrayev militsiya xodimlarining asosiy kamchiligini aytdi

GUVD g.Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
173820

Oʻzbekiston poytaxtining "bosh militsioneri" - general-mayor Rustam Joʻrayev ichki ishlar xodimlarini xalqqa yaqinlashtirishga nima toʻsqinlik qilayotgani haqida gapirdi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari Rustam Joʻrayev IIB va xalq oʻrtasida chegara borligini tasdiqladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri. Joʻrayev bu haqda 9 mart kuni boʻlib oʻtgan ochiq muloqot davomida aytib oʻtdi.

Tadbir davomida jurnalistlar IIBB rahbariga "Militsiya xodimlariga nisbatan xalq ishonchi sezilmayapti? Siz buning boisi nimada deb oʻylaysiz", degan savol bilan murojaat qilishdi.

General-mayor bu savolga javob berar ekan, huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik munosabatlari nafaqat jurnalistlarni, balki xalqaro olimlarni ham qiziqtirishini taʼkidladi.

"IIB va xalq oʻrtasida chegara bor. Ammo bu xodimlar boshqa davlatlardan kelib qatorimizga qoʻshilmagan, ular oʻzimizning odamlar. Ichki ishlar xodimlarining har biri oʻz vazifasini sidqidildan, qonunan bajarishi kerak. Shundagina chegara yoʻqoladi", — ded IIBB rahbari. Ichki ishlar xodimlarining asosiy kamchiligi haqida toʻxtalar ekan, general-mayor "Ichki ishlar xodimlariga balki ezgulik yetmaydi", degan fikrni aytdi.

"Xalq bizga himoyachi sifatida qarashiga erishishishmiz kerak", — deb qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunga qadar Ichki ishlar organlari faoliyatiga bagʻishlab oʻtkazgan yigʻilishlarda yoki bevosita IIB xodimlari bilan uchrashuvlarida ichki ishlar idoralari xodimlari madaniyati, oʻzini tutishi va faoliyatini tanqidiy baholab, ularni xalqqa yaqinroq boʻlishga daʼvat qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Rustam Joʻrayevning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq telemuloqoti Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 14 fevral kunidagi "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Kelgusida huddi shunday uchrashuvlar Toshkent aholisi va mehmonlari bilan har oʻn kunda oʻtkazib turiladi.

Asosiy mavzular