03:54 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Termometr na okne

Oʻzgidromet mart oyida havoning keskin sovib ketishi sababini maʼlum qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Jamiyat
Havola olish
1595 0 0

Ob-havo maʼlumotiga koʻra, 13-15 mart kunlari Oʻzbekiston hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Uraldan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) mahalliy OAVda mart oyida havoning keskin sovib ketishi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Oʻzgidrometning maʼlum qilishicha, darhaqiqat Oʻzbekistonda bahor boshlari va oʻrtasida deyarli hamisha oʻzgaruvchan ob-havo va haroratning pasayib ketishi kuzatiladi.

"Yogʻingarchiliklar asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, ammo deyarli har yili mart oyida bir-ikki bor qor yogʻish holati kuzatiladi. Bu respublika hududidagi iqlim xususiyatlari bilan izohlanadi. Mart oyida Yevropaning Rossiya hududida, baʼzan Ural, ayrim hollarda Gʻarbiy Sibirdan sovuq havo kirib keluvchi zona faol boʻladi", — deyiladi Oʻzgidromet tomonidan.

Tashkilot mutaxassislarining aytishlaricha, shu bilan bir vaqtda martda bahorgi issiq harorat va momaqaldiroqli jalalar bilan bogʻliq janubiy jarayonlar ham faollashadi. Bu yil mart oyining dastlabki oʻn kunligida respublikada kunduz kunlari 23-27 darajagacha issiq harorat kuzatildi va sovuq havo massasi kirib kelganidan soʻng harorat ancha pasaydi.

Ob-havo maʼlumotiga koʻra, 13-15 mart kunlari Oʻzbekiston hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Uraldan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

13 mart kuni respublika boʻylab yomgʻir yogʻadi, mamlakat shimolida yomgʻir qorga aylanishi mumkin. 14-15 mart kunlari ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi.

Respublika shimolida 13 mart kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 darajagacha iliq boʻladi.

Asosiy mavzular