03:54 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Grigoriy Lukyanov ekspert VSHE

Ekspert: Ostona sammiti Markaziy Osiyoning birlashishi yoʻlida muhim qadam boʻladi

Sputnik / Vladimir Trefilov
Jamiyat
Havola olish
441 0 0

"Oliy iqtisodiyot maktabi" milliy tadqiqot universiteti oʻqituvchisi, Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Grigoriy Lukyanov Ostonada boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti ahamiyati haqida fikr bildirdi

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Ekspertning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining uchrashuvi shunisi bilan ahamiyatliki, hozirda qoʻshnilar orasidagi munosabatlar butkul boshqacha siyosiy yoʻnalishda rivojlanmoqda.

"Ushbu mintaqaning asosiy muammosi har doim umumiy va muammoli masalalar borasida yakdil fikrga kela olmaslik boʻlgan. Bunga Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonning koʻp yillik yetakchilari orasidagi shaxsiy munosabatlar hamda koʻplab iqtisodiy va savdo jarayonlarining toʻxtab qolishiga sabab boʻlgan ishonchsizlik muhiti maʼlum darajada oʻz taʼsirini oʻtkazgan", — dedi ekspert.

Lukyanovning aytishicha, rasmiy Toshkentning tashqi siyosatga nisbatan yangichi yondashuvi natijasida qoʻshni mamlakatlar bilan izchil aloqalar oʻrnatish imkoniyati yuzaga keldi. Hozirda, deydi u, mintaqa uchun asosiy masala xavfsizlik emas, balki Markaziy Osiyoning birlashishi uchun xizmat qiladigan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashdir.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 15 mart kuni Ostonada boʻlib oʻtadi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etishadi, Turkmaniston nomidan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov oʻrniga majlis raisi Akja Nurberdiyeva qatnashadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning noyabrida Samarqandda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyada ushbu shakldagi uchrashuvni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqqandi. Qozogʻiston bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi va dastlabki uchrashuvni Navroʻz bayrami arafasida Ostonada oʻtkazishni taklif etdi.

Asosiy mavzular