Davlat test markazi namunaviy test topshiriqlarni e’lon qildi

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DTM saytida o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillari, adabiyot, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, shuningdek ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha testlar qo‘yilgan.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Davlat test markazi (DTM) oliygohlarga kirish imtihonlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlarni e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Imtihonsiz nostrifikatsiya: mingta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganlar uchun

DTM saytida o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillari, adabiyot, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, shuningdek ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha testlar qo‘yilgan.

"Taqdim etilayotgan test topshiriqlarining namunaviy variantlari tasdiqlangan talablar kodifikatori va test topshiriqlari tafsilotlari asosida tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlarga, ularning ustozlari va keng jamoatchilikka umumta’lim fanlari bo‘yicha bo‘lg‘usi imtihonning shakli, mazmuni, murakkablik darajasini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu variantlar boshqa metodik nashrlar bilan bir qatorda o‘quvchilarga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam berishga qaratilgan", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladi. Shuningdek, kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda abituriyentlar soni yil sayin o‘rtacha 10 %ga o‘sib bormoqda. 2016-yilda 663 ming kishi hujjat topshirgan bo‘lsa, 2017-yilda — 729 ming kishi OTMlarga kirish istagi bildirgan. 2018-yilda esa abituriyentlar soni 810 mingga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0