“Buxoro – Miskin” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnay boshladi

© Railway.uzOtkrilos novaya liniya Buxara - Miskin
Otkrilos novaya liniya Buxara - Miskin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi temir yo‘l Urgench, Nukus, Qo‘ng‘irot, Saratov, Volgograd va Olma-ota shaharlariga qatnaydigan poyezdlar bosib o‘tadigan yo‘lni qariyib 100 kilometrga qisqartiradi.

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Navro‘z arafasida “Buxoro – Miskin” temir yo‘lidan yo‘lovchi poyezdlar yura boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati.

"2018 yilning 20-martidan boshlab  “Toshkent – Urgench” va “Toshkent – Nukus – Qo‘ng‘irot” yo‘lovchi poezdlari yangi qurilgan “Buxoro – Miskin” temir yo‘li orqali qatnay boshlaydi", — deyilgan xabarda. 

Shuningdek, “Toshkent – Urgench”, “Toshkent – Nukus – Qo‘ng‘irot” poyezdlari  yangi temir yo‘l orqali yura boshlaydi va ular odatda bosib o‘tadigan masofa – qariyib 100 kilometrga qisqardi. Eng muhimi, Toshkent shahridan Urganch, Xiva, Nukus shaharlariga boradigan hamda mazkur shaharlardan Toshkent shahriga keladigan yo‘lovchi poezdlarining harakatlanish vaqti qariyib 2 soatga qisqaradi.

Buxoro - Miskin temir yo‘li quriladigan bo‘ldi

Toshkent – Saratov, Toshkent – Volgograd, Alma-Ata – Nukus, Andijon – Urgench, Nukus – Urgench – Termez poezdlarining ham ushbu yangi liniya orqali qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Albatta, bu O‘zbekistonda turizimni rivojlantirish, sayyohlar oqimining yanada oshishiga zamin yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu temiryo‘l qurilishi 2017-mart oyida prezident qaroriga asosan boshlangan edi. Yangi temir yo‘l liniyasining umumiy uzunligi 355 km.ni tashkil etadi. Temir yo‘lning 335 kilometrida yangi po‘lat izlar yotqizildi, 20 km temir yo‘llar tubdan ta’mirlandi. Qurilish-montaj jarayonida ushbu yo‘nalishda 5 ta stansiya: Yangiobod, Tuztepa, Uchachiq, Suzakdor, Dautepa barpo etildi. Undan tashqari beshta razyezd, 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi.

© Railway.uzO‘zbekiston temir yo‘llari
Uzbekskie jeleznie dorogi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘llari

Mazkur yo‘nalishda 2017-yilning 1-dekabridan boshlab yuk poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ikkinchi bosqichda, yangi temir yo‘l elektrlashtirilib, bu yo‘nalish orqali elektropoezdlar hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" zamonaviy poezdlar qatnovi ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0