O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport hajmini uch milliard dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Vitaliy BelousovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 617 million dollarga yetdi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport hajmini uch milliard dollarga yetkaza oladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu haqda bugun O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qilgan.

GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni respublikaga boshqa mamlakatlardan import hami 6,5 milliard dollarni tashkil etadi. O‘z navbatida O‘zbekiston istiqbolda Afg‘oniston bozoriga ushbu hajmning deyarli yarmini kiritish imkoniyatiga ega.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Afg‘oniston 36 million kishilik bozor bo‘lib, O‘zbekiston bu bozorda bemalol o‘z o‘rniga ega bo‘la oladi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashish hajmini 1,5 milliard dollargacha yetkazib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 617 million dollarga yetdi va 2016-yildagiga nisbatan 18,7%ga oshdi.

Afg‘oniston prezidentining o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrif buyurishi ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Tashrif yakunlariga ko‘ra siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 20ta hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0