01:39 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
2094710

Diana Yenikeyevaning otasi oʻz qizi vafotidan keyin OAVlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan jamoatchilikka murojaat etdi. Aleksandr Yenikeyev Oʻzbekistonda yashar ekan, shu yurt anʼanalariga sadoqatli boʻlishini maʼlum qilgan

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri pochtasiga yaqinda YTH oqibatida halok boʻlgan oʻqituvchi Diana Yenikeyevaning otasidan intervyu olingani aks etgan videoformatdagi fayl kelib tushdi.

Intervyu marhum Diana Yenikeyevaning otasi Aleksandr Yenikeyevdan uning yaqin doʻsti Obid Omonov tomonidan olingan va suhbatda Aleksandr Yenikeyevning maslakdoshi, birodari Samarqand viloyatida Kattaqoʻrgʻon shahridagi "Afgʻonlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin ham ishtirok etgan. Omonov boshqa viloyatda yashab turgan jurnalist tomonidan berilgan savollar bilan Yenikeyevga murojaat qilgan.

Obid Omonov: Aleksandr Marsovich (Yenikeyev), soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sizning qizingiz Diana "majburiy mehnat" natijasida halok boʻlganligi, u prokuror, hokim, RayONO mudiri bosimi ostida "majburiy mehnat" qilgani chiqqanligi haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Sizning bu xabarlarga izohingiz qanday boʻladi?

Aleksandr Yenikeyev: Bu oddiy subbotnik, hashar edi. Biz toza mamlakatda yashaymiz. "Navroʻz" bayrami — bu "Yangi yil". Biz hammamiz bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Bu hodisa… Taqdir ekan… Men bilmayman buning boisini… Bu shunchaki yordam edi. Diananing — xalqqa yordami — hashardagi ishtiroki. Hamma joyni tartibga keltirish kerak. Axir bahor — borliq gullaydi. Atrof ham shunga monand boʻlish kerak!

O.O: Aleksandr Marsovich, bu tushuntirishlarni oʻz xohishingiz bilan berayapsizmi? Yoki men sizga bosim oʻtkazdimmi, majbur qildimmi? Yoki "Afgʻonlar uyushmasi" jamoati iltimosi bilan berayapsizmi?

A.YE: Bu tushuntirishlarni oʻz xohishim bilan beryapman. Hech kim meni majbur qilmagan. Bu axir oʻrnini toʻldirib boʻlmas yoʻqotish. Meni va mening oilamni tinch qoʻying! Nega insonning yuragini timdalaysiz?

O.O: Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Karimberdi Toʻramurod "majburiy mehnat" haqidagi "haqiqatni" fosh eta turib, sizning qizingizni "majburiy mehnatdan himoya qila turib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan "yoʻq qilish obʼyekti"ga aylangan ekan. Siz bunga nima deysiz?

A.YE: Bu odam (Karimberdi Toʻramurod) Diana qanday yashagani, qanday katta boʻlgani haqida intervyu oldi. Bizni rasmga tushirdi, videotasvir bor. Boʻldi. Men u bilan boshqa hech qanday mavzuda gaplashmaganman! Men buni sizga rasman maʼlum qilayapman!

O.O: Balki qizingiz, majburiy mehnatga chiqqandir? Shunday boʻlishi mumkinmi?

A.YE: Mening qizim shanbalikka chiqqan! Boʻldi, tamom!

Shu vaqt suhbatga "Afgʻonlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin aralashgan.

— Mening Aleksandrga savolim yoʻq, lekin boshqalarga aytar gaplarim bor. Tarmoqlardagi odamlar oʻzlariga soxta obroʻ orttirishni xohlaydilar. Oʻzganing boshiga tushgan kulfatdan ham oʻzingizga obroʻ orttirishda foydalanmang! Bizning umrimiz shu mamlakatda kechgan! Biz oʻzimizning urf-odatlarimizga amal qilgan holda yashaymiz! Navroʻzda biz hammayoqni tartibga keltiramiz. Biz bu mamlakatda bir millat va bir mentalitet boʻlib yashaymiz! Shunday ekan diversiya qilishni bas qiling! Mana shularni yozayotgan odamlarning oʻzlari davlat uchun nimadir qildimi? Sariq chaqaliq boʻlsa ham? Bu odamga savol berishni bas qilingizlar! Unga shundogʻam ogʻir, u har kuni dori ichadi! Yetar!

Suhbat yakunida Aleksandr Yenikeyev oʻz qizining oʻlimi prezidentga hech qanday daxli yoʻqligini aytgan va prezidentni yaxshi koʻrishlarini taʼkidlab oʻtgan. "Biz oilamiz bilan shu prezidentga ovoz berganmiz, bizni tinch qoʻyinglar!", — deb yakunlagan ota oʻz murojaatini.

Aleksandr Yenikeyev: gibel docheri ne svyazana s vizitom Mirziyoyeva v Samarkand
Teglar:
Diana Yenikeyeva

Asosiy mavzular