14:54 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Xokim goroda Tashkent Raxmonbek Usmanov

Toshkent shahri hokimi boshqa ishga oʻtkazildi

© almaty.gov.kz
Jamiyat
Havola olish
36810

Rahmonbek Usmonov 2011 yil fevraldan 2012 yil martgacha Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi, soʻngra hokim lavozimida ishlab kelgan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Hozircha Toshkent shahriga kim yangi hokim etib tayinlangani haqida maʼlumot yoʻq.

Rahmonbek Usmonov 2011 yil fevraldan 2012 yil martgacha Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi, soʻngra hokim lavozimida ishlab kelgan.

2005-2011 yillarda Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2001-2005 yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari va Yakkasaroy tumani hokimi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Asosiy mavzular