07:06 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Shavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artыkxodjayev

Mashhur ishbilarmon Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
325140

Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahri va viloyatlarda amalga oshirilgan qator qurilish loyihalarida faol ishtirok etgan.

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. "Artel", "Imzo" korxonalari muassisi Jahongir Abidovich Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

"2018 yil 26 aprel 15-00 da Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada, Toshkent shahar hokimi lavozimiga Artikxodjayev Jahongir Abidovichning nomzodi koʻrsatildi. Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozdan tasdiqlashdi. Artikxodjayev Jahongir Abidovich Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi", — deyilgan xabarda.

Artikxodjayev Jahongir Abidovich 19575 yil 2 yanvarda Toshkentda tugʻilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar "Artel Injiniring" MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan. 

Avvalroq, 2012 yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonbek Usmonov oʻz vazifasidan ozod etilgani, u Avtomobil transporti agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular