Mehnat migrantlari bankdan olgan imtiyozli kreditini qanday qaytaradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ipoteka-bank" xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish maqsadida qonuniy tarzda ketish istagini bildirgan fuqarolarni kreditlash mexanizmi haqida ma’lumot berdi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 5-martda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida "Ipoteka bank" tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratish ko‘zda tutilgandi.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston migrantlarga 1000 dollardan kredit ajratishga qaror qildi

"Ipoteka-bank" xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish maqsadida qonuniy tarzda ketish istagini bildirgan fuqarolarni kreditlash mexanizmi haqida ma’lumot berdi.

Bankning bildirishicha, ushbu loyiha bo‘yicha ajratiladigan kreditlar qonuniy tarzda xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish maqsadida ketuvchi fuqarolarning quyidagi xarajatlarini to‘lash uchun ajratiladi:

birinchidan, yo‘l-transport xarajatlari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tashkil qilinadigan tibbiy ko‘rik, qisqa muddatli o‘quv kurslari uchun. Bunda kredit mablag‘laridan pul o‘tkazish yo‘li bilan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hisobvarag‘iga yoki boshqa tegishli tashkilot hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Ikkinchidan, fuqaroning chet davlatda ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlash uchun xorijiy mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq tegishli ruxsatnoma, tibbiy ko‘rik, dastlabki uy-joy ijara to‘lovi va boshqa xarajatlarni (xorijiy valyutada) to‘lash uchun xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkaziladi.

"Ipoteka-bank" tomonidan qonuniy tarzda xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish maqsadida ketuvchi fuqarolarga imtiyozli kreditlar ariza berilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 1000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan miqdorda milliy valyutada ajratiladi.

Kredit bo‘yicha yillik foiz to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida belgilangan. Hozirgi kunda bu yillik 14 foizni tashkil qilmoqda.

Trudovie migranti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1000ga yaqin "migrantlar uchun imtiyozli chiptalar" sotildi

Mazkur kredit 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilib, fuqaro tomonidan dastlabki 3 oy muddat ichida imtiyozli ravishda faqat kredit bo‘yicha foizlar to‘lanishi lozim.

Misol uchun, 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit olgan fuqaro birinchi uch oy davomida har oy 11,7 AQSh dollari ekvivalentida kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini amalga oshirishi kerak.

Keyingi 9 oy davomida qarzdor tomonidan har oyda 117,7 AQSh dollari ekvivalentida kredit va u bo‘yicha foiz to‘lovlarini qaytarishi lozim.

Kredit bo‘yicha to‘lovlar qarz olgan fuqaroning xorijdan yuborgan daromadlari hisobidan oila a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu kredit vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish maqsadida xorijga aynan qonuniy tartibda tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi orqali ketadigan fuqarolarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarda ushbu kredit turini olish istagini bildirgan fuqarolar bankning joylardagi filiallariga ariza, qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi/to‘lovchi pasporti, kredit ta’minoti bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan tuzilgan shartnomasidan nusxa taqdim etishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0