06:33 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Reysovыe avtobusы

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

Sputnik / Igor Maslov
Jamiyat
Havola olish
30110

Birinchi taqdimot qatnovi 15 may kuni ishchi guruh uchun amalga oshiriladi. Unda vazirlik, idoralar va OAV vakillari hamda sayyohlik firma direktorlari uchun boʻladi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida Toshkent-Xoʻjand — Toshkent yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovi ochilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

Birinchi taqdimot qatnovi 15 may kuni ishchi guruh uchun amalga oshiriladi. Unda vazirlik va idoralar, OAV vakillari va sayyohlik firma direktorlari boʻladi.

Kelgusida avtobuslar yil davomida muntazam ravishda — "Toshkent avtovokzal" va "Xoʻjand" avtovokzali oʻrtasida amalga oshiriladi. Har bir tomondar kuniga uchta reys amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent-Xoʻjand yoʻnalishida avtobus chipta narxi 50 ming soʻm boʻladi. Qaytishda esa 50 somoniy boʻladi. Oʻzbekiston hududida chiptalar soʻmga, Tojikistonda esa somoniyga sotiladi.

Avtobus va yoʻlovchilar "Oybek" (Oʻzbekiston) va "Fotexobod" (Tojikiston) nazoratdan oʻtish joylari orqali amalga oshiriladi. Avtobus va yoʻlovchilar, ularning yuklari bojxona va chegara nazoratidan navbatdan tashqari amalga oshiriladi, bu oʻz navbatida bu jarayonda ancha yengillik va qulayliklar yaratadi.

Texnik toʻxtashlar va yoʻlovchilarni joylashtirish Toshkentda, Nurafshon, Buka, "Oybek" NOʻJ, "Fotexobod" NOʻJ, Boʻston va Xoʻjandda amalga oshiriladi.

Respublika bu yilda 4 ta (Termez — Dushanbe, Toshkent — Xoʻjand, Fargʻona — Xoʻjand, Samarqand — Penjikent) avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirimoqda.

Asosiy mavzular