"Tezkor pochta" xizmati butun O‘zbekiston bo‘yicha ishga tushdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Dnya aviatsii i kosmonavtiki v regionax Rossii
Prazdnovanie Dnya aviatsii i kosmonavtiki v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tezkor pochta" jo‘natmalari maxsus tarzda belgilanadi va jo‘natmaning yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Bugun 15-maydan boshlab "Tezkor pochta" xizmatidan "O‘zbekiston pochtasi" AJning barcha shahar va tuman pochta bo‘limlarida foydalanish mumkin. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, "Tezkor pochta" jo‘natmalari maxsus tarzda belgilanadi va jo‘natmaning yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xizmatning sifati va ko‘rsatilgan etkazib berish kunlariga rioya qilish ham doimiy nazorat ostida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 10-aprel kuni "O‘zbekiston pochtasi" AJning 15ta obyektida joriy etilgan yangi "Tezkor pochta" xizmati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0