15:12 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Dni kulturы Uzbekistana v Tadjikistane

Artistlar va madaniyat sohasi xodimlari maoshi salkam ikki baravar oshadi

Jamiyat
Havola olish
34210

Madaniyat sohasi xodimlari kvalifikatsion kategoriyalarga boʻlinib, kategoriya va ish stajiga qarab maoshi miqdori oshiriladi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Ushbu yilning 1 iyunidan boshlab madaniyat sohasi xodimlarining oylik maoshi 45%ga oshiriladi. Bu haqida yaqinda imzolangan prezident qarorida aytib oʻtilgan.

Gap “davlat madaniyat muassasalarining maʼmuriy va badiiy boshqaruv xodimlari, artistlar, ijodkorlar, sohaning boshqaruvchi  xodimlari hamda davlat arxivlari mutaxasisslari haqida ketmoqda”, — deyilgan hujjat matnida.

Undan tashqari har bir kvalifikatsion kategoriya uchun maosh asosi belgilanadi hamda oylik maosh miqdorida ish staji ham hisobga olinadi.

Kontsertlar va ommaviy koʻngilochar tadbirlar tashkil qiladigan korxonalar uchun soliq miqdori 30 %dan 5% gacha kamaytiriladi.

Asosiy mavzular