06:32 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Avtomobilnaya trassa

Qoʻyliq bozori atrofidagi tirbandliklarga yoz oʻrtalarida barham beriladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

Qoʻyliq ulgurji bozori yonida transport uchun yangi "choʻntak" ochish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Qoʻyliq bozori atrofidagi muntazam tirbandliklarga yoz oʻrtalariga kelib barham beriladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Iyun-iyulda bu yerda poytaxtdagi eng yirik koʻngilochar-savdo markazlaridan birining hamda yaqinda loyihalashtirilgan va qisman qurib bitkazilgan "yoʻl choʻntagi"ning foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

"Elektroapparat" tarafdan "Fargʻona yoʻli" koʻchasi boʻylab Qoʻyliq bozori tomonga yurilsa, koʻprikka yetmasdan asosiy trassaga chiqiladigan kichik "choʻntak" boʻladi. Hozirda bu yerda yoʻl chetida turgan mashinalar sababli muntazam ravishda tirbandliklar paydo boʻlmoqda. Savdo majmuasi ishga tushganidan soʻng bu yerda keng "choʻntak" boʻladi, yoʻlovchilarga qulay boʻlishi uchun avtobuslarga maxsus kirish qismi boʻlgan bekatlar quriladi, buning uchun 22 sotix yer ajratildi", — dedi Sputnik muxbiriga Toshkentning Bektemir tumani hokimligidagi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, bundan tashqari, markaz yonida zamonaviy koʻpqavatli uylar quriladi, atrof esa obodonlashtiriladi. Manbaning bildirishicha, Qoʻyliq ulgurji bozori yonida transport uchun yangi "choʻntak" ochish rejalashtirilgan. Qoʻyliq dehqon bozori Toshkent shahri hududidan koʻchirilganidan keyin esa vaziyat tubdan yaxshilanadi.

Asosiy mavzular