06:32 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Rukopojatiye

Toshkentga Nokia va Digital Europe kompaniyalari rahbariyati keldi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
238 0 0

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Byorxert bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish boʻyicha loyihalarga eʼtibor qaratildi.

Nokia kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.

Asosiy mavzular