18:02 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Meditsinskiye rabotniki

Barcha viloyatlarda qizlar salomatlik markazlari va ayollar maslahatxonalari ochiladi

Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
53710

Ushbu yilning avgust oyiga qadar har bir viloyatda alohida qizlar va ayollar maslahatxonalari ochiladi hamda tezkor tibbiy maslahat berish xizmati tashkil qilinadi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 5325-sonli farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qarori  eʼlon qilindi.

Unda, xususan, aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash, ayollar va qizlarga sifatli akkusher-ginekologik xizmatlar koʻrsatish, homiladorlik vaqtida ayollarni parvarishlash sifatini yaxshilash maqsadida, Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida qizlar salomatligi markazlari hamda ayollar maslahatxonalari tashkil qilish aytib oʻtilgan.

Xususan,  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi boʻlimi negizida – Respublika qizlar salomatligi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari negizida – hududiy qizlar salomatlik markazlari tashkil etiladi.

Ushbu markazlar qizlar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, qizlarning sogʻlom oʻsishini nazorat qilish, belgilangan dasturlar asosida tibbiy koʻriklar tashkil qilish bilan shugʻullanadi.   

Ikkinchidan, respublikadagi markaziy koʻp tarmoqli  poliklinikalar va oilaviy poliklinikalar negizida “Ayollar maslahatxonalari” tashkil qilinadi.

Ushbu maslahatxonalarning asosiy vazifasi etib, oila qurishni rejalashtirish, erta turmushga chiqishning oldini olish, tugʻruqlar orasidagi davrni uzaytirish, kontratseptsiya sohasida maslahat berish, reproduktiv salomatlik hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish belgilandi.

Uchinchidan, Axborot texnologiyalari vazirligi bilan hamkorlikda butun Respublika hududida faoliyat koʻrsatuvchi “tezkor aloqa” tarmogʻini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qizlar va ayollar 24 soat davomida 1003 – telefon raqami orqali “tezkor aloqa” xizmati bilan ulanib, sifatli tibbiy maslahat, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya muammolari, oilada notinchlik holatlari yuzasidan kerakli maslahatlar olishlari mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular