11:44 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
116 0 0

18 may kuni Kuba poytaxti Gavanada Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kubada yoʻlovchi samolyoti qulashi munosabati bilan Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 18 may kuni Kuba poytaxti Gavanada Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 110 kishi boʻlgan. Halokat joyida omon qolgan 4 kishi topildi, ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etdi.

Meksika Transport vazirligining xabar qilishicha, samolyot 1979 yilda ishlab chiqarilgan boʻlgan, lekin foydalanish uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻlgan.

Asosiy mavzular