O‘zbekistonda 1-yanvardan polietilen paketlarni bepul tarqatish taqiqlanadi

© Fotolia / NakaJenshina s paketom produktov
Jenshina s paketom produktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, sellofan paketlarini 40 mikrongacha ishlab chiqarish va import qilish taqiqlandi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekistonda 1-yanvardan polimer plonkadan tayyorlangan plastik paketlarni bepul tarqatish taqiqlanadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident qaroriga asoslangan holda.

Keyingi yildan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qo‘shish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlanadi.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yo‘qotganidan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yig‘imni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Problema utilizatsii musora - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda polietilen paketlar pulli bo‘ladi

Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalanish uchun sotiladigan o‘ramlarga ruxsat beriladi.

Qaror bilan mamlakat bo‘ylab yangi chiqindi yig‘ish punktlarini qurishga 29 milliard so‘m, ularning chiqindi konteynerlari bilan ta’minlanishiga esa 3,6 milliard so‘m ajratiladi.

2019-2021 yillarda "Toza hudud" avtoparki 590 ta chiqindi tashish mashinasi, 84 ta buldozer va 59 ta avtoyuklagich bilan to‘ldiriladi.

Yangiliklar lentasi
0