O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan oliy ta’lim tizimida onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yiladi

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’limning bu ko‘rinishi 15 ta oliy o‘quv yurtidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarda joriy etiladi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida darslar masofadan turib onlayn tarzda o‘qitiladi.

Ta’limning bu ko‘rinishi 15 ta oliy o‘quv yurtidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarda joriy etiladi. Endilikda joriy etilgan onlayn o‘qitish platformasi yordamida sirtqi ta’lim talabalari, masofadan turib, o‘z ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Student v auditorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yilida uch oliygohda sirtqi bo‘limlar ochiladi

“Onlayn o‘qitish platformasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tomonidan joriy etildi. Bugungi kunda maxsus sirtqi ta’limning 144 ta darsligi tayanch oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda masofaviy o‘qitish formati asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Masofaviy ta’limni amalga oshirishning navbatdagi bosqichida oliy ta’limning sirtqi va kechki ta’lim uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Sirtqi va kechki ta’lim darsliklari ham bosqichma-bosqich onlayn o‘qitish tizimiga o‘tkazilib boriladi”, — deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, onlayn o‘qitish kursini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan platformada barcha zaruriy elementlar yaratilgan. Xususan, ma’ruza, videodars, test, topshiriq, chat, forum, so‘rovnoma, glossariy, teskari aloqa va vebinar shular jumlasidandir. Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida platformaning ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyasi amalga oshirildi.

Xabarda qayd etilishicha, oliy ta’lim tizimiga masofaviy ta’limning joriy qilinishi davlat uchun ham, talaba uchun ham ta’lim xarajatlarini qisqartirishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, qabul kvotalari oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari o‘zaro ikki faoliyat — ta’lim va mehnat faoliyatlarining uyg‘unlashuvini ta’minlashda ham ahamiyatli hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0