JSST rahbari O‘zbekistonga kelish niyatida ekanligini bildirdi

© Wikipedia / Thorkild Tylleskar Shtab-kvartira VOZ v Jeneve.
Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Shveysariyaning Jeneva shahrida boshlangan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

JSTTga a’zo 194 ta davlat ishtirok etayotgan mazkur sessiyada xalqaro tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha kuzatilayotgan global muammolar va ularning yechimlari borasida muhokamalar o‘tkazildi.

Bu yilgi sessiyada atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta’siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta’minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish kabi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilinmoqda.

Rabota detskoy polikliniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli mamlakat deb tan olindi

Jeneva safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqot chog‘ida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida Gebreyesus prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida hayotga tatbiq etilayotgan barcha huquqiy hujjat va dasturlar aholiga g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olayotganligi, O‘zbekiston tibbiyot tizimida ham o‘zining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganligi, islohotlarning yangi bosqichi bilan bog‘liq vazifalar amalga oshirilayotganligini e’tirof etdi.

Tedros Gebreyesus ushbu tarixiy voqealarning guvohi bo‘lish maqsadida shu yilning o‘zida O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirdi.

Shuningdek, u O‘zbekiston va JSST o‘rtasida ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga har doim tayyor ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0