03:52 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Sotrudniki politsii na stantsii moskovskogo metro

Boʻtqa, yogʻ va terrorchi yoxud Rossiyadagi JChda xavfsizlik choralari nega ortiqchalik qilmaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Jamiyat
Havola olish
82610

Sputnik mualliflaridan biri Sergey Bablumyan jahon chempionati vaqtida xavfsizlik choralarining muhimligi va Rossiya hukumatining futbol boʻyicha jahon chempionati davrida favqulodda vaziyatlarni chetlab oʻtish borasida qilayotgan harakatlari haqida fikr bildirdi

Britaniya politsiyasi rahbarining oʻrinbosari, futbol uchun javobgar xodim — Mark Roberts oʻtgan haftada Rossiya hukumatining yaqinlashib kelayotgan futbol boʻyicha jahon chempionatida xavfsizlik choralarini kuchaytirayotgani borasidagi harakatlarini "ortiqcha" deb topdi va bu bilan barchaning eʼtiborini oʻziga qaratdi.

"Rossiya hukumati turnir vaqtida xavfsizlik muammolariga haddan koʻp eʼtibor bermoqda", — dedi Roberts.

Bundan tashqari, unga koʻra "Rossiya hukumatining xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, Rossiya va Angliya futbol ishqibozlari oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin toʻqnashuvlarning oldini olish boʻyicha koʻrayotgan hozirliklari – harbiylashtirilgandir". Roberts dalil sifatida Rossiyada sport musobaqalarida juda koʻplab jangovar anjomlar bilan taʼminlangan xizmatchilar jalb etilishini koʻrsatib oʻtgan. Xuddiki, Angliyadagi stadionlarda tartibni balet raqqosalari taʼminlaydigandek.

Bu degani Rossiyadagi yilning eng muhim voqeasi tashkilotchilarini xafsizlikka oʻta katta eʼtibor berayotganlikda ayblashmoqda.

Jahonda terroristik hujumlar toʻlqini, ayniqsa Yevropa va Amerikadagilarni hisobga olsak, bu yovuzlikdan himoya ortiqchaligi boʻyicha gapirish oʻrinsizligi aniqlashadi.  

Boʻtqaning taʼmini yogʻ bilan buzib boʻlmagani kabi, mayli, hatto futbol bayrami ham agar u portlashlarsiz, oʻq tovushlarisiz va yongʻinsiz oʻtishi uchun kattagina mablagʻ talab etadi. Vaziyat shuni taqazo etadi: xavfsizlik uchun toʻgʻri toʻlov qilishga, pul ajratishga toʻgʻri keladi, biroq xavfsizlikning taʼminlanmasligi undan-da qimmatga tushishi mumkin.

1972 yilda Myunxendagi olimpiya oʻyinlarida ham “xavfsizlikni haddan tashqari oshirmaslik” qaroriga kelishgan, garchi xavf-xatar boʻlsama ham, ogoh boʻlgan kishigina xavfsiz boʻlishi barchaga ayon-ku.

Bir-birinikiga mehmonga borishni istagan sportchilar devorlardan oshib tushib, nazorat-oʻtkazuv puntklarini osonlikcha aylanib oʻtishardi.

Shu oʻrinda, Isroil delegatsiyasi rahbarini qurolli himoyaning yoʻqligi masalasi uning jamoasi hali Myunxenga kelmay turib bezovta qila boshlagandi.

Isroilliklarni olimpiya qishlogʻida ularga ajratilgan joy ham gʻoyatda taajjubga solgandi  — ularning fikricha bu joyga tashqaridan osonlikcha hujum uyushtirish mumkin edi.

Oʻshanda Germaniya hukumati isroilliklar uchun maxsus xavfsizlik choralari koʻrilishini aytib, ularni ishontirgandilar.

Xoʻsh, keyin nima boʻldi? "Qora sentyabr" guruhi terrorchilari Isroil terma jamoasining oʻn bir nafar aʼzosini oʻldirishdi, bir nafar Gʻarbiy Germaniya politsiyachisi ham halok boʻldi.

Shu oʻrinda eslatib oʻtish darkor, davrimizning eng shov-shuvli terrorchilik aktlari aynan sport tadbirlari vaqtida sodir etilgan. Yillar, davlatlar va qurbonlar soni kesimida.  

2002 yil, Ispaniya. Chempionlar ligasi yarim finalidan oldin stadion yaqinida avtomobil portlatildi, shunda toʻqqiz nafar kishi jarohatlangan.

2009 yil, Pokiston. Shri-Lanka jamoasi boʻlgan avtobusga hujum sodir boʻldi. Olti nafar kuzatuv politsiya xodimlari va ikki nafar fuqaro oʻldirilgan, yetti nafar sportchi jarohatlangan.

2010 yil. Pokiston-Iroq. Birinchi holatda stadionda portlash, bir yuz besh nafar kishi halok boʻldi, yuzdan ortiq jarohatlangan. Iroqda futbol oʻyini boʻlayotgan stadionga hujum sodir boʻladi: yigirma besh nafar kishi halok boʻlgan va yuzdan ortiq kishi jarohatlangan.  

2015 yil, Frantsiya. “Sen-Deni” stadioni. Germaniya va Frantsiya jamoalari oʻrtasida oʻyin davomida hudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Qurbonlar boʻlmadi.

2016 yil, Turkiya. “Beshiktosh” futbol klubi stadionida portlash sodir boʻladi, qirq toʻrt kishi halok boʻldi.

Agar jangovar vositalar bilan taʼminlangan politsiyachilar sonini Buyuk Britaniya futbol politsiyasi boshligʻi janob Robert gʻashiga tegmaydigan darajaga yetkazilsa, Rossiyaning 11 ta shaharlarida nima boʻlishi mumkin?

Angliya, nafaqat futbol, balki futbol bezorilari vatani ham.

Rossiya futbol ittifoqi xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Vladimir Markin soʻzlariga koʻra, angliyalik fanatlar Rossiyada jahon chempionati vaqtida tartibsizliklar uyushtira olishmaydi.

“Nafaqat urush, mushtlashishga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha urinishlar bartaraf qilinadi”, deb ogohlantirdi Markin.

Kelayotgan futbol bayrami buzilmasligi uchun nima qilish kerak?

Rossiyada amalga oshirilayotgan barcha ishlar, xususan chempionat oʻyinlari oʻtkaziladigan shaharlarda shashlik tayyorlash uchun olov yoqmaslik boʻyicha taqiq shular jumlasidandir.

Asosiy mavzular