Shahnoza Mirziyoyeva: kelajakdagi muvaffaqiyat asosi bolalikda shakllanadi

© Press-slujba Ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan Kadr iz video klipa "Kulingda imkon"
Kadr iz video klipa Kulingda imkon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bolalarimiz kelajaki, demakki davlatimiz kelajaki - biz bolalarimizga ularning erta yoshligidan boshlab singdiradigan narsalarga, bolalarimiz bugungi tanloviga bog‘liq", - deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab ijtimoiy loyihani — "Qo‘lingda imkon" musiqiy video klipni e’lon qildi.

Klip Kulingda imkon - Sputnik O‘zbekiston
"Qo‘lingda imkon": bolalar kuniga bag‘ishlangan eng chiroyli klip
Ushbu, ta’sirchan, ta’bir joiz bo‘lsa barcha onalarni yig‘latadigan klip orqali Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarga erta yoshlikdan singdirish kerak bo‘lgan oddiy haqiqatlarga e’tiborni jalb qilmoqchi.

Bu o‘ziga bo‘lgan ishonch, qiyinchiliklarni yengish va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad sari intilish — bular bugungi zamonaviy hayotda juda ham zarur bo‘lgan va yoshlikdan singdirilishi kerak bo‘lgan kshnikmalardir.

Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Sha=noza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi sabablari xususida to‘xtaldi.

"Bolalarimiz kelajaki, demakki davlatimiz kelajaki — biz bolalarimizga ularning erta yoshligidan boshlab singdiradigan narsalarga, bolalarimiz bugungi  tanloviga bog‘liq. Va bu borada ularga yordam berish — bizning umumiy vazifamiz", — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni — bu nafaqat o‘yin-kulgi, qo‘shiqlar yoki sayr-tomosha. Bu katta yoshdagilar uchun muhabbat va mehrga chanqoq bolalar uchun qandaydir yaxshilik qilish imkoniyati hamdir.

Maktabgacha ta’lim vazirligi serquyosh O‘zbekiston aholisiga "Qo‘lingda imkon" taronasini sovg‘a tarifasida ulashish orqali mana shu yorqin bayramni tarannum etish tashabbusi bilan chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0