Karimov va Mirziyoyev Toshkent kelajagi to‘g‘risida qanday maslahatlashishgandi

© Skrinshot videozapisi v youtubeIslam Karimov i Shavkat Mirziyoyev - syemka 2016 goda
Islam Karimov i Shavkat Mirziyoyev - syemka 2016 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lavhada Karimov va Mirziyoyev poytaxt hududidagi yangi qurilishlar rejasini o‘rganishayotgani aks etgan

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Internet tarmog‘ida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkentning kelgusi qiyofasi haqida maslahatlashishayotgani haqidagi video tarqaldi.

Lavhada Karimov va Mirziyoyev poytaxt hududidagi yangi qurilishlar rejasini o‘rganishayotgani aks etgan, deb yozadi UzNews.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karimov singari shaharsozlikni rivojlantirish, obodonlashtirish va aholi yashash sharoitini yaxshilashga katta e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonni 27-yil davomida boshqargan Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrda insult oqibatida vafot etdi.

2016 yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Shavkat Mirziyoyev eng ko‘p ovoz to‘plab O‘zbekiston prezidentligiga saylandi.

Yangiliklar lentasi
0