03:50 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
ZAZ-965 Zaporojets

Matiz bilan Zaporoj qarindoshmi?

© Sputnik / Tsinkin
Jamiyat
Havola olish
192160

Matiz bilan Zaporoj qarindoshmi? Javob – Ha! Ularning ikkalasining ham bobosi - Fiat 600!

TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. GM-Uzbekistan 1 iyun kuni Matiz va Kaptiva modellari ishlab chiqarilgani toʻxtatilganini eʼlon qildi. Ushbu ixcham, tejamkor va "istarasi issiq" avtombilning muxlislari nafaqat Oʻzbekiston balkim Rossiyada ham juda koʻp. Quyida Matiz paydo boʻlishi haqidagi qiziq maʼlumotni eʼtiboringizga havola etamiz.

Sovet davrining 60 yillarida Zaprojets “ZAZ-965” rusumli avtomobil boʻlardi. Xalq orasida uni “Gorbatыy”, yaʼni “Bukri” deb atashardi.

Aytish joizki, ushbu laqab avtomobilni yomonligi uchun emas, faqat tashqi koʻrinishi uchungina berilgan edi. Avtomobil oʻz davriga mos edi, koʻpchillik undan mehr bilan foydalanar,  millionlab kishilar u haqida orzu qilardi.

Zaporojets 965
Zaporojets 965
Xullas, oʻsha Zaporojets 965 avtomobilini sovet konstruktorlari,  Fiatning F600 yoki Seychento (yaʼni – olti yuzinchi) modelidan koʻchirib olishgan edi. Urushdan keyingi kambagʻal Yevropada ushbu kichik avtomobil oʻta ommaviy edi. mana oʻzingiz tomosha qiling va beshta farqini toping.

Fiat F600
Fiat F600
Zaprojetsning faqat ikkita eshigi boʻlar va ular old tomonidan ochilar edi. Salon ham oddiy: oldindi ikki oʻrindiq, orqada kichik divan.

Ushbu kichik va kamchiqim avtomobil, bir oilaning ehtiyojini qondirar edi. Millionlab  sovet oilalari uchun ZAZ-965 birinchi shaxsiy avtombil boʻldi. Jiguli paydo boʻlguniga qadar ushbu avtomobil barchaning orzusiga aylandi.

Zaz-965
Zaz-965
Oradan 30 yil oʻtib, 1990 yillar boshida, Italiyaning  yetakchi avtomobil dizaynerlaridan biri — Jorjetto Jujaro, bir vaqtlar mashhur boʻlgan Fiat Seychento xotirasiga  atab, yangi avtomobil dizayni yaratadi va uni Lucciola (yaʼni Yonarqurt)deb ataydi.

Lucciola-Matiz
Lucciola-Matiz
Afsuski (balkim yaxshiyam), Fiat marketologlariga ushbu avtomobil dizayni maʼqul kelmaydi va ular undan voz kechishadi. Jujaro boʻlsa, tayyor boʻlgan avtomobil dizaynini Janubiy  Koreyaning Daewoo korporatsiyasiga sotadi.

Lucciola-Matiz
Lucciola-Matiz
Avtomobilga Matiz M100 deb nom qoʻyishadi. Dastlab 1997 yilda u Janubiy Koreyada ishlab  chiqarila boshlaydi. Undan soʻng Polsha, Ruminiya va Hindistonda  ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekistonda Matiz avtomobilini ishlab chiqarish 2000 yildan boshlangan.

Rossiyalik xaridarlarga ham Matiz juda xush keldi. U 10 yil davomida — eng koʻp sotilgan kichik litrajli avtomobil unvonini egallab turdi. Uning ishlab chiqarilishi toʻxtatilgani haqidagi xabar – koʻp sonli muxlislarni xafa  qildi, desak adashmaymiz.

Xayr, Matiz–Seychento! Balkim 30 yildan soʻng yana koʻrisharmiz…

Vstrecha uchastnikov Matiz-kluba v Moskve
Vstrecha uchastnikov Matiz-kluba v Moskve

 

Asosiy mavzular