15:18 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekskiy student

Oʻzbekistonda oliygohlarga imtihonlar test savollari qayta koʻrib chiqiladi

© UIT
Jamiyat
Havola olish
62810

Kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqiladi. Bu Oʻzbekiston prezidentining "Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan.

Ushbu qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish toʻgʻrisida topshiriq berildi.

Shuningdek, ilgʻor xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy taʼlim muassasalarining faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi.

Asosiy mavzular