15:59 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Shourum kompanii AliExpress

Oʻzbekistonliklar AliExpressda qilgan xaridlari hajmi 90 %ga oshdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Jamiyat
Havola olish
250 0 0

Bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari xorijiy internet magazinlardan bojxona toʻlovlarisiz bir oy davomida qiymati 1000 $gacha boʻlgan xaridlar amalga oshirishlari mumkin.

TOSHKENT, 12 – iyun – Sputnik. Dunyoning eng yirik elektron savdo maydonchalaridan biri boʻlgan AliExpressda, oʻtgan yilda Oʻzbekistondan amalga oshirilgan xaridlar hajmi 90% ga oshdi, deb xabar qilmoqda xitoyning Esns.cn nashri.

“Oʻzbekistonliklar, boshqa mamlakatlik xaridorlar kabi, asosan kiyim, aksessuarlar, mobil telefonlar, maishiy texnika va kosmetika sotib olishgan”, — deyilgan xabarda.

Xitoy nashrida aytilishiga koʻra Markaziy Osiyo hududida xaridlar hajmi eng tez oʻsayotgan mamlakat Qirgʻiziston boʻlib qolmoqda. “Ushbu mamalkat bilan qilingan savdo hajmi 4 baravar oshgan. Tojikiston bilan savdo hajmo 110 %ga, Qozogʻiston bilan 82 %ga oshgan”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtgan yili AliExpressda sotib olingan eng qimmat tovar — ekinlarga dori sepuvchi dron boʻlgan. Qiymati 6000 $ lik uskunani hindistonlik tadbirkor xarid qilgan.   

Eslatib oʻtmiz, ayni damda Oʻzbekiston xorijiy internet magazinlar orqali sotib olinayotgan mahsulotlar uchun yangi bojxona tariflari ishlab chiqarilmoqda. Yangi qonun loyihasida aytilishiga koʻra, yilning bir kvartali, yaʼni uch oy davomida shaxsiy foydalanish maqsadida olib kelinayotgan mahsulotlarning qiymati 1000 AQSH dollaridan, vazni 30 kgdan oshmasa – bojxona toʻlovlarisiz amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari bir oy davomida xorijiy internet magazinlardan bojxona toʻlovlarisiz qiymati 1000 $gacha boʻlgan xaridlarni amalga oshirishlari mumkin.

Asosiy mavzular