12:38 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Deti

Oʻzbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
281 0 0

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi xabariga koʻra, mamlakatda bolalarni internatlarda uzoq vaqtga tashlab ketish holatlar koʻpayib bormoqda

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Xotin-qizlar qoʻmitasi yangi loyihaga qoʻl urdi, deb xabar berildi Xotin-qizlar qoʻmitasining Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

"Bugungi kunda 2 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari (32 million aholidan) Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya davlatlarida mehnat migrantlari sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Natijada bolalarni instituttsional muassasalarida (internatlarda) uzoq vaqtga tashlab ketish holatlar koʻpayib bormoqda.

Hozirda mehnat migratsiyasining oila va bolalarga taʼsirini oʻrganib chiqqan rasmiy tadqiqotlar mavjud emas. Shuningdek, bolalar himoyasiga va migratsiyaning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ham mavjud emas.

Yuqoridagi ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi YUNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda "migratsiya oqibatida himoyaga muhtoj boʻlgan bolalarni himoya qilish" mavzusidagi xalqaro loyihaga qoʻl urdi", — deyiladi xabarda.

2018 yil 11 iyun kuni mazkur masalalar boʻyicha eskpertlarning dastlabki uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Xotin-qizlar qoʻmitasi, "YUNISEF" jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, "Oila" ilmiy-amaliy markazi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi vakillaridan iborat ekspert guruhi ish boshladi.

Mazkur loyiha 36 oyga moʻljallangan boʻlib, mamlakatning 4 viloyatini qamrab olishi kutilmoqda.

Loyiha davomida migrant oilalarning farzandlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, ularning har tomonlama kamol topishi asosiy maqsad etib belgilandi, deb xabar qilgan qoʻmita.

Asosiy mavzular