16:00 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko

Aleksandr Lukashenko sentyabrda Oʻzbekistonga kelishni rejalashtirgan

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
99 0 0

Ayni vaqtda tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, turizm yoʻnalishlari boʻyicha jami 11 loyiha ustida ish olib bormoqda.

TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sentyabrda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni rejalashtirgan. Bu haqda respublika Kengashi raisi Mixail Myasnikovich Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

BELTA agentligining xabar berishicha, muzokaralar davomida Myasnikovich ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish masalasiga eʼtibor qaratgan. Spikerning soʻzlariga koʻra, sentyabr oyida Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilganini inobatga olgan holda mazkur masala boʻyicha ishlarni faollashtirish lozim.

"Biz prezident Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida davlat rahbarlari koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladigan asosiy kelishuvlarni amalda ishlab chiqdik. Tashrif 13-14 sentyabr kunlari boʻlib oʻtishiga kelishilgan", - dedi respublika Kengashi raisi.

Ayni vaqtda tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, turizm yoʻnalishlari boʻyicha jami 11 loyiha ustida ish olib bormoqda.

Asosiy mavzular