15:59 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Sledstvennыy izolyator

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan 226 nafar fuqaroni afv etdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
22130

Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonda Ramazon hayiti munosabati bilan prezident farmoniga muvofiq ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi. Bu haqda OʻzAga tayanib Oʻzbekiston IIV rasmiy sayti maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2018 yil 12 iyunda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Prezident farmoniga sharhda aytilishicha, ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 102 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 71 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 39 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, boshqacha qilib aytganda, 212 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

“Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bagʻrikenglik, kechirimli boʻlish, olijanoblik va mehr-muruvvat koʻrsatish kabi ezgu fazilatlarning muborak Ramazon oyida yanada yuksak namoyon boʻlganligining amaliy ifodasidir”, - deyiladi xabarda.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Asosiy mavzular