12:51 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Pokupatel v supermarkete

Oʻzbekistonda isteʼmol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor meʼyorlari joriy qilinadi

© Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
60920

Roʻyxatdan inson uchun eng zarur boʻlgan dukkaklilar, un mahsulotlari, meva-sabzavotlar, goʻsht va sut mahsulotlari – jami 46 turdagi mahsulot oʻrin olgan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonda “isteʼmol savati” va “kun kechirish uchun zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinadi hamda ularni hisoblash tasniflari aniqlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Oʻzbekistonda minimal isteʼmol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur Nizom loyihasi 27 iyunga qadar muhokama qilinishi va 1 iyuldan amalga tatbiq etilishi koʻzda tutilgan.

Nizom loyihasiga ilova qilingan roʻyxatda toʻla-toʻkis va sogʻlom ovqatlanish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlanishning oʻrtacha bir sutkalik minimal tibbiy meʼyorlari belgilandi. Mazkur roʻyxatdan inson uchun eng zarur boʻlgan dukkaklilar, un mahsulotlari, meva-sabzavotlar, goʻsht va sut mahsulotlari – jami 46 turdagi mahsulot oʻrin olgan.

Minimal isteʼmol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor qiymatlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oylik asosda kelasi oyning 15-sanasigacha hisoblab chiqiladi.

Fuqarolar mazkur Nizom loyihasi boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.

 

Asosiy mavzular