15:59 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Belorussko-ukrainskaya granitsa

Oʻzbekistondan chiqishga cheklov bor-yoʻqligini MIB saytidan bilish mumkin boʻldi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
93020

Shuningdek, saytda jismoniy shaxsning qarzdorligini aniqlash, gaz va elektr energiyasi boʻyicha hisob raqam holatini aniqlash ham mumkin.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarining xorijga chiqishlariga cheklov qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligini internet orqali tekshirishlari mumkin boʻldi. Majburiy ijro byurosi saytida ana shunday xizmat test rejimida joriy etildi.

Foydalanuvchi oʻziga nisbatan respublikadan chiqishga cheklov bor-yoʻqligini aniqlash uchun mazkur sahifaga kirib, ism-sharifi va pasport maʼlumotlarini kiritishi lozim boʻladi.

Shuningdek, saytda jismoniy shaxsning qarzdorligini aniqlash, gaz va elektr energiyasi boʻyicha hisob raqam holatini aniqlash ham mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.

Yuqoridagi farmonga asosan tugatilgan Sud departamentining vazifalari, funktsiyalari hamda vakolatlari Byuroga oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular