22:16 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
V Tashkente nagradili luchshix blogerov respubliki.

Oʻzbekistonning eng yaxshi blogeri 15 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi

© Foto: "Narodnoye slovo"
Jamiyat
Havola olish
45710

Chempionat 12 aprel kuni boshlangan edi. Unda toʻrt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Toshkentda Oʻzbekiston blogerlari chempionati gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi "Narodnoye slovo".

Chempionat 12 aprel kuni boshlangan edi. Unda toʻrt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi. Ular hakamlar hayʼati va oʻquvchilar eʼtiboriga 470dan ortiq ijodiy ishlarini taqdim etishdi. Final bosqichiga 21 kishi yetib keldi. Ular oʻz ishlarida bugungi kunning eng dolzarb mavzularini koʻtarib chiqishdi.

Chempionatda Shahnoza Toʻraxoʻjayeva birinchi oʻrinni oldi va unga 15 million soʻm miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev va Muzaffar Qosimovlar ikkinchi oʻrinni egallashdi. Ularga 8 million soʻmdan pul mukofoti topshirildi.

Bir xil ball toʻplagan toʻrt nafar bloger — Muslim Mirzajonov, Javohir Izzatullayev, Feruza Sattorova va Isroil Tillaboyevlar uchinchi oʻringa loyiq deb topildi. Ularga 5 million soʻmdan pul mukofoti berildi.

Tanlov Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shafeligida oʻtkazildi. 

Asosiy mavzular