O‘zbekistondan Yaponiyaga borganlarning mamlakatga kirishi rad etilishi holatlari ko‘paymoqda

Obuna bo‘lish
Kirishni rad etuvchi eng ko‘p sabablardan biri - Yaponiyaga tashrif maqsadini tushuntirib berilmasligi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK yo‘lovchilarining Yaponiya hududiga kirishlari rad etilishi holatlari ko‘paymoqda, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

"Hurmatli Toshkent-Tokio yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi yo‘lovchilar. Safar maqsadi sabablari tushuntirib berilmagan hollarda, Yaponiya chegara xizmati sizning kirishingizni man etishi mumkinligini e’tiborga olishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, kirishni rad etuvchi eng ko‘p sabablardan biri — Yaponiyaga tashrif maqsadini tushuntirib berilmasligi (moliyaviy mablag‘lar, mehmonxona broni mavjud emasligi, qaytish aviachiptasi).

Aviakompaniya Yaponiyaga safarni rejalashtirishda mazkur ma’lumotni inobatga olishni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0